31 Oktyabr 2023 Yil 2236

Toshkent shahar IIBB ayollar terma jamoasi Ichki ishlar vaziri Kubogi uchun voleybol musobaqasi sovrindori bo‘ldi

Ichki ishlar organlari tizimidagi shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanish masalalari doimiy eʼtiborda bo‘lib, tizimda turli sport musobaqalari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, poytaxtda IIV tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida xizmat olib borayotgan xotin-qizlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB, Namangan va Surxondaryo IIB ayollar jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bellashuvlar yakuni bo‘yicha Toshkent shahar IIBB ayollar jamoasi uchinchi o‘rin sohibiga aylandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasi ikkinchi o‘rinni band etdi va Namangan viloyati IIB jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindor jamoalar Kubok, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Toshkent shahar IIBB rahbariyati va shaxsiy tarkibi nomidan bosh boshqarma ayollar jamoasini g‘alaba bilan tabriklaymiz! 

Barcha yangiliklar

Text to speech