31 Oktyabr 2023 Yil 1680

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Osoyishtalik posbonlari – zamonamiz qahramonlari” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi aʼzosi, shoir Bobur Bobomurod maʼruza qildi. U o‘z nutqida, ichki ishlar organlari xodimlari diyorimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik posboni, kerak bo‘lsa qalqoni bo‘lib xalq ishonchi hamda roziligi yo‘lida, kecha-yu kunduz sergak va hushyor xizmat qilishayotganligini, o‘z burchi va qasamyodiga sodiq, vatanparvar fidoyi xodimlar namunali xizmati bilan Yangi O‘zbekistonda “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyil asosida olib borilayotgan islohotlar rivojiga munosib hissa qo‘shib kelishayotganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi. 

Barcha yangiliklar

Text to speech