Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Sunʼiy intellektni joriy etish – davr talabi” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV vakili maʼruza qildi. U o‘z nutqida, ichki ishlar organlari faoliyatida sunʼiy intellektdan foydalanish imkoniyatlari juda kengligini, sunʼiy intellekt jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin bo‘lgan yuqori texnologiyali vosita ekanligini alohida taʼkidlab o‘tdi.
Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.