Qadrli hamkasblar, muhtaram faxriylar!
Barchangizni, 25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman!
Yurtimiz tinchlik-osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi murosasiz kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarimizning tinchligi, huquq va erkinliklarini, manfaatlarini ishonchli himoya qilish, Yangi O‘zbekistonda qonun ustuvorligini taʼminlashdek sharafli hamda masʼuliyatli ishda sidqidildan xizmat qilib kelayotgan siz, azizlarga, muhtaram faxriylarimizga chuqur minnatdorchilik izhor etaman.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibi poytaxt ahlining tinchlik-osudaligini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarning oldini olishda tunu kun xizmat qilib, qonun ustuvorligi, jinoyatga jazo muqarrarligini taʼminlab kelishmoqda.
Poytaxt Ichki ishlar organlarining barcha xodimlari – ofitserlar, serjant va safdorlar, xizmatchilar, qadrli faxriylarimizni, shuningdek, o‘z xizmat burchini bajarish chog‘ida mardona halok bo‘lgan hamkasblarimizning oila aʼzolarini bayram bilan tabriklayman! Sizlarga tan sihatlik, oilaviy farovonlik, tinchlik va osoyishtalik tilayman!
Yurtimizga, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish, tinchligi va osudaligini saqlashdek sharafli va masʼuliyatli ishga bel bog‘lagan siz azizlarga bu ishda muvaffaqiyat va ulkan zafarlar hamisha yor bo‘lsin.
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i
general-mayor A.A.Tashpulatov