Matbuot anjumanida Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati boshlig‘i Isaxanova Nilufar, IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Tashxodjayev Doniyor va OAV vakillari ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida Toshkent shahrida jinoyatchilikka qarshi kurashish, kriminogen vaziyatni yaxshilash, giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
2023 yil 27 noyabr kunidan boshlab, Toshkent shahrida kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash maqsadida, kriminogen vaziyatga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi shaxslarni jinoiy faoliyatiga chek qo‘yish hamda qonun ustuvorligini taʼminlashga qaratilgan maxsus-tezkor tadbirlar amalga oshirildi.
O‘tkazilgan maxsus-tezkor tadbirlar doirasida jami 38 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
– JKning 165-moddasi tovlamachilik (15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan);
– JKning 168-moddasi firibgarlik (10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan);
– JKning 248-moddasi qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish (20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan);
– JKning 273-moddasi giyohvandlik vositalar, ularning analoglari yoki psixotrop vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab, qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlarni qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish (20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan);
– JKning 276-moddasi giyohvandlik vositalar, ularning analoglari yoki psixotrop vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlarni qilish ( 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan);
– JKning 277-moddasi bezorilik (5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan) jinoyatlari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Ushbu maxsus tezkor-profilaktik tadbir doirasida “Psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi giyohvand vositalarini oldini olishga qaratilgan” tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazib kelinmoqda.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida,
– 135 ta giyohvandlik moddasi va 19 ta psixotrop vositalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi;
– 3 kg 895 gr giyohvandlik moddalari va 10 878 dona kuchli taʼsir qiluvchi giyohvandlik vositalari hujjatlashtirib olindi.
Natijada, 116 nafar shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qonun ustuvorligi taʼminlandi.
Eng muhimi, ushbu zahri qotilni aholi orasida tarqalib ketishini va yoshlarimiz ongini zaharlanishini oldini olishga erishildi.