30 Dekabr 2023 Yil 3567

Toshkent shahar IIBBda bosh boshqarma boshlig‘ining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi

Aholini o‘ylantirayotgan masalalarni hal etish maqsadida Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan muntazam ravishda fuqarolar qabullari o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi ochiq muloqotni Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov o‘tkazdi. Unda IIBB sohaviy bo‘linmalarning rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirok etdi.

38 nafar fuqaroning 42 ta masalalari yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqilib, ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Jumladan ishga joylashish bo‘yicha, moddiy yordam ko‘rsatish, tadbirkorlik faoliyati va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi. Bir qator murojaatlar bo‘yicha qonun doirasida ko‘rib chiqish muddatlari belgilanib, murojaat etuvchilarga huquqiy maslahatlar berildi

Barcha yangiliklar

Text to speech