24 Dekabr 2023 Yil 2912

Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan joylarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda

Poytaxtimizda muntazam ravishda shahar IIBB rahbariyati tomonidan sayyor qabullar o‘tkazilib, aholi murojaatlari joylarda o‘rganilmoqda.


Yunusobod tumanida o‘tkazilgan navbatdagi qabulda ichki ishlar organlari hamda 3-sektor faoliyatiga taalluqli murojaatlar Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Aliaxmed Choriyev tomonidan ko‘rib chiqildi.


Sayyor qabul davomida tuman hokimi hamda masʼul rahbarlar tomonidan aholining murojaatlari o‘rganildi. Qabulga “Temir daftar”, “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlariga kiritilgan fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalariga yechim topish maqsadida kelishdi.


Sayyor qabulda 32 nafar fuqaro ishtirok etdi. Har bir muammo batafsil o‘rganilib, har bir murojaat bo‘yicha yechim topildi.


Yana bir aholi bilan ochiq muloqot Yashnobod tumanidan bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabul jarayonida 21 nafar fuqaro o‘z ariza va shikoyatlari bilan murojaat qildi. Konstruktiv muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda 12 nafar fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiluvchi murojaatlar nazoratga olindi.


Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan sayyor qabullar tizimi aholining talab va ehtiyojlarini qondirish, joylarda ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yana-da yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech