25 Noyabr 2023 Yil 1105

Toshkent shahar IIBB xodimlari “Zakovat”da bellashdi

Toshkent shahar ichki ishlar organlari xodimlarining mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari va intellektual salohiyatini oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazib boriladi.

Shu kunlarda Toshkent shahar Yoshlar talabalar shaharchasida “Zakovat arena” majmuasida poytaxt IIBB sohaviy xizmatlari va hududiy bo‘linmalar xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda xodimlardan iborat 20 ta jamoa qatnashdi.

Hakamlar hayʼati tomonidan baholab borilgan, qizg‘in va murosasiz bahslarga boy intellektual o‘yinda birinchi o‘rinni Bosh boshqarma Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati jamoasi qo‘lga kiritdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni Olmazor va Yashnobod tumanlari IIO FMB vakillari band etdi.

Intellektual o‘yin g‘oliblari diplom, kitoblar to‘plami va boshqa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: