1 Yanvar 2023 Yil 794

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor A.A. Tashpulatovning tabrigi

Aziz hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari, hamkasblar, ichki ishlar organlari faxriylari, xizmat burchini ado etish vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan xodimlarning yaqinlari!

Bugungi kunda, Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan poytaxt ichki ishlar organlarida xizmat yangicha uslubda, zamonaviy texnologiyalarni keng tatbiq etgan holda, “inson qadri uchun” g‘oyasi asosida amalga oshirilmoqda.
Poytaxtimiz xavfsizligini, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash maqsadida Toshkent shahar ichki ishlar organlari xodimlari tunu kun xizmat qilmoqda. Zero, Sizning, oilangizning, yaqinlaringizning xavfsizligi biz uchun muhimdir.
Toshkent shahrida xizmat olib borayotgan xodimlarimizning asosiy vazifasi aholiga, xalqqa yanada yaqin bo‘lish, ularning xavfsizligini ta’minlash, muamolarini o‘rganish va amaliy yordam berish hisoblanadi.
2022 yilni sarhisob qilar ekanmiz, “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” da Toshkent shahar IIBB tomonidan ham ko‘plab ishlar amalga oshirilganligini aytib o‘tish joiz bo‘ladi. Mahallabay ishlash orqali fuqarolarning muammolarini o‘rganish, ularning murojaatini manzilli hal etish maqsadida har bir mahallada sayyor qabullar o‘tkazildi. Aniqlangan muammolarni manzilli hal etish maqsadida barcha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, xonadonma-xonadon yurish orqali 3-sektor hududida istiqomat qiluvchi kam taminlangan, yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy ximoyaga muxtoj oilalar aniqlanib, ularga ijtimoiy-iqtisodiy yordam ko‘rsatildi. Shunday oilalar o‘zining tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishi uchun, o‘zini-o‘zi band qilishi uchun, farzandlari ta’lim olishi uchun barcha sharoitlar yaratildi.
2023 yilning “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”, deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Toshkent shahar IIBB tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilab olindi.
Fursatdan foydalanib, Sizlarni kirib kelayotgan
Yangi 2023 yil bilan o‘zim va poytaxt hududida xizmat olib borayotgan barcha ichki ishlar organlari xodimlari nomidan chin qalbimdan tabriklayman.
Barchangizga oilaviy sog‘liq, ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar hamisha hamroh bo‘lsin.
O‘tgan 2022 yilda ushalmagan barcha ezgu tilak va orzu havaslaringiz, yangi 2023 yilda ushalishiga tilakdoshmiz.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin.
Yangi yilingiz yana bir bor muborak bo‘lsin !

Barcha yangiliklar

Text to speech