Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi – xalq strategiyasi” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Toshkent amaliy fanlar universiteti professori, filologiya fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sultonmurod Olimov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida o‘z aksini topgan insonparvarlik siyosati, “Inson qadri uchun” tamoyili ijrosi yo‘lidagi dadil qadamlar, yaqin kelajakda amalga oshiriladigan keng ko‘lamli islohotlar, aniq maqsad va vazifalar xalqimiz hayotiga yangicha mazmun bag‘ishlashini alohida taʼkidlab o‘tdi.
Shuningdek, joriy yilning 28-29 sentyabr kunlari Andijon shahrida respublika ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida “Eng namunali ekspert-kriminalistika jamoasi” hamda “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko‘rik-tanlovlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur ko‘rik tanlovning “Eng namunali ekspert-kriminalistika jamoasi” yo‘nalishida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan Toshkent shahar IIBB EKM xodimlari mayor Xamid Raximbayev hamda Arslan Mansurovlar Bosh boshqarma rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.