Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Xotira psixologiyasi va uning kasbda tutgan o‘rni” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi Lutfulla Tursunov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, har bir kasbda, xuddi shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatida ham xotiraning o‘rni alohida muhimligini, hozirgi vaqtda xotirani rivojlantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanishini, sababi telefon va kompyuter kabi gadjetlar shaxsning o‘rniga juda ko‘p funksional vazifalarni bajarayotganligini, bu esa, o‘z o‘rnida, ayrim shaxslarda xotira bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarayotganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.