27 Noyabr 2023 Yil 852

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “IX–XII asrlarda sharq uyg‘onish davri” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professori, falsafa fanlari doktori Gularam Masharipova maʼruza qildi. U o‘z nutqida, IX–XII asrlar Markaziy Osiyo va butun Sharq xalqlari hayotida tarixiy voqealarga boy bo‘lganligini, bu davrda Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Xorazmshohlar davlatlari mavjud bo‘lib, ularda fan va madaniyat rivojiga katta eʼtibor berilganligini, IX asr boshlarida Movarounnahr falsafiy maktabning matematika, tibbiyot, astronomiya, geografiya, tarix fanlarini o‘rganish markazlaridan biriga aylanganligini, davlatlar o‘z chegaralarida savdo, siyosat, tashqi aloqalar, xavfsizlik kafolatlarini mustahkamlash muammolarini hal etib, yana-da barqaror taraqqiyot uchun shart-sharoitlar yaratganligini hamda IX–XII asrlardagi buyuk maʼrifatparvar olimlarning faoliyati Sharq uyg‘onish davri va jahon sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech