Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Kasbiy madaniyat va intizom – xalqchil tuzilma asosi” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi vakili falsafa fanlari doktori, professor Sirojiddin Berdiqulov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, ichki ishlar organlari xodimlari Vatan va xalq manfaatlarini har narsadan ustun qo‘yib, xizmat burchlariga sodiq qolishlarini, kasbiy madaniyat talablariga, intizom va qonunchilikka qatʼiy rioya etishlarini, yosh xodimlarda shu kabi fazilatlarni shakllantirishda xizmat jamoalarining o‘rni va taʼsiri yana-da oshirilayotganligini, shuningdek, yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni taʼminlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, eng asosiysi, bugungi islohotlarning bosh maqsadi bo‘lgan – inson qadrini qaror toptirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilayotganligini taʼkidlab o‘tdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.