Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatovning 8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni munosabati bilan BAYRAM TABRIGI
Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari, hamkasblar, ichki ishlar organlari faxriylari, xizmat burchini ado etish vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan xodimlarning yaqin qarindoshlari!
Sizlarni “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilganligining 31 yilligi” munosabati bilan samimiy tabriklayman!
Mamlakatimiz Konstitutsiyasi xalqimizning ko‘p yillik orzu-intilishlarini, mustaqil davlatchiligimizning huquqiy asosini o‘zida mujassam etgan oliy hujjat sifatida barchamiz uchun qadrlidir.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarning huquqiy poydevori bo‘lgan Konstitutsiya normalarini hayotga tatbiq qilish, xalqimiz tinchligi va farovonligini taʼminlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida birga harakat qilsak yana-da ko‘proq natijalarga erishamiz.
Fursatdan foydalanib, Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadoningizga tinchlik va osoyishtalik tilayman!
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov