Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida sayyor sud o'tkazildi
Unda Jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tumani sudi raisi hamda sudyalari, tuman IIO FMB rahbariyati ishtirok etishdi.
Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi doirasida Uchtepa tumani IIO FMB xodimlari tomonidan yana bir giyohvandlik va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanishiga chek qo'yildi. Ushbu jinoyatni sodir etgan bir qator yoshlarga nisbatan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida sayyor sud bo'lib o'tdi.
Ularga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jazo tayinlanib, talaba-yoshlarga qonun ustuvorligi ta'minlanganligi va shu kabi holatlar sodir qilmasliklari boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar berildi. Shuningdek, giyohvandlik umr zavoli ekanligi, jinoyat esa hech qachon jazosiz qolmasligi tushuntirildi.
Bundan tashqari, talabalar ogohlikka chaqirilib, agarda shunga o'xshash holatlarga duch kelganliklari taqdirda tegishli mutasaddilarga darhol xabar berishliklari lozimligi ta'kidlandi.