Toshkent shahri tumanlarida hamkorlikda ishlar olib borilmoqda
Jamoat tartibini mustahkamlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida poytaxt tumanlari IIO FMB xodimlari shahar qo‘riqlash boshqarmasi va harbiy prokuratura bilan hamkorlikda profilaktika tadbirlarini o‘tkazmoqda.
Jumladan, kuni kecha Uchtepa tumani IIO FMB masʼul xodimlari manfaatdor tashkilotlar bilan birga mahalla faollari va aholisi bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida tumanda sodir etilgan jinoyatlar aholi orasida muhokama qilinib, ularni oldini olish choralari tushuntirib berildi. Jumladan, o‘g‘rilik jinoyatini oldini olish maqsadida Qo‘riqlash xizmati imkoniyatlaridan foydalanish mumkinligi bildirilib, mazkur xizmat haqida batafsil maʼlumot berildi.
Shuningdek, Yashnobod tumanidagi “Iltifot” mahallasida ham shunday uchrashuv tashkil etilib, xonadonlarni 24 soat davomida qo‘riqlash xizmatini tashkil etish, ko‘p qavatli uylarga videokuzatuv kameralarini o‘rnatish masalalariga jiddiy eʼtibor qaratildi.
Bu boradagi ishlar boshqa hududlarda ham izchil davom ettirilmoqda.