9 Fevral 2026 Yil 370

Toshkent shahri Mirobod tumanida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali chora-tadbirlari olib borilmoqda

Davlatimiz rahbarining Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik R.A.Ashropov rahbarligida Mirobod tumani kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi.

Yo‘riqnomada Qo‘riqlash, patrul-post, yo‘l patrul va profilaktika xizmatlari, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari, shuningdek Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan tun-u kun, uch smenali xizmatni tashkil etish jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar atroflicha tushuntirib berildi.

Aholining har bir murojaati va obyektlardan tushayotgan tashvish xabarlari bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlanish yo‘nalishlari belgilab berilib, xodimlar xizmatga tarqatildi.

© Qo‘riqlash Departamenti | rasmiy kanal

Barcha yangiliklar

Text to speech