Toshkent shahar huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida Mirzo Ulug‘bek tumani "Xabib Abdullayev" mahallasida sodir etilgan o‘ta og‘ir turdagi qotillik jinoyatining muhokamasi bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishda qotillik jinoyati sodir etilishining obyektiv va subyektiv sabablari muhokama qilinib, mas’ullardan tushuntirishlar so‘raldi.
Tahlillarga ko‘ra, tumanning "Xabib Abdullayev" mahallasida joriy yilning 12 oyida 10 ta jinoyat qayd etilgan, shundan 3 tasi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarni tashkil etgan.
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda, "Xabib Abdullayev" MFY "mahalla yettiligi" va "ijtimoiy profilaktika"ga mas’ul bo‘lgan mutasaddilarga mahalladagi yoshlar, xotin-qizlar, muqaddam sudlanganlar va ishsizlar jinoyatchiligini oldini olish maqsadida ularning bandligini ta’minlash, ular bilan individual profilaktik tadbirlar o‘tkazish, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari o‘rganilib, hal etilishi yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.