26 Dekabr 2025 Yil 124

Toshkent shahar huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida Mirobod tumani "Ziyonur" mahallasida sodir etilgan o‘ta og‘ir turdagi qotillik jinoyatining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Muhokamada qotillik jinoyati sodir etilishining obyektiv va subyektiv sabablari muhokama qilinib, mas’ullardan tushuntirishlar so‘raldi.

Tahlillarga ko‘ra, tumanning "Ziyonur" mahallasida joriy yilning 11 oyida 6 ta jinoyat qayd etilgan, shundan 5 tasi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarni tashkil etgan.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda, "Ziyonur" MFY "mahalla yettiligi" va "ijtimoiy profilaktika"ga mas’ul bo‘lgan mutasaddilarga mahalladagi yoshlar, xotin-qizlar, muqaddam sudlanganlar, afv etilganlar va ishsizlar jinoyatchiligini oldini olish maqsadida ularning bandligini ta’minlash, ular bilan individual profilaktik tadbirlar o‘tkazish, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari o‘rganilib, hal etilishi yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

 

Barcha yangiliklar

Text to speech