31 Oktyabr 2025 Yil 363

Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha profilaktik uchrashuv o‘tkazildi

Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasida xodimlarning yo‘l harakati sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda haydovchilik madaniyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida yo‘l-patrul xizmati vakillari tomonidan yo‘l harakati qoidalari, xavfsiz haydash tamoyillari hamda xizmat transport vositalaridan foydalanish tartiblari yuzasidan batafsil tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, yo‘llarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv chog‘ida yo‘l harakati xavfsizligiga oid dolzarb masalalarni muhokama qilib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdilar.

Tadbir yakunida yo‘l harakati madaniyatini oshirish, xizmat va shaxsiy transport vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, yo‘llarda hushyorlik va ogohlikni ta’minlash bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, xodimlar o‘rtasida salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘nikmani mustahkamlash va fuqarolarga namuna bo‘lishdan iboratdir.

Barcha yangiliklar

Text to speech