24 Avgust 2024 Yil 2236

Toshkent shahar IIBBda “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” davom etmoqda

Toshkent shahar sohaviy xizmatlari tomonidan joylarda «Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi» maxsus profilaktik tadbiri doirasida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.


Jumladan, IIBB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan tadbir davomida aholi o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilib, fuqarolarga ogohlikka chaqiruvchi flayerlar tarqatildi.


Bundan tashqari, boshqarma xodimlari tomonidan sayyohlik obyektiga tutash obyektlarda joylashgan hududlarda istiqomat qiluvchi aholi bilan sayyohlik madaniyatni oshirish, sayyohlik obyektlariga tutash avtomobil yo‘llarida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish va qoidabuzarliklarga qarshi kurashish yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.


Tadbirlar IIBBning sohaviy xizmatlari va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda davom ettirilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech