2 Sentyabr 2024 Yil 1751

Toshkent shahar IIBBda Mustaqillik bayramining 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Ona yurtimiz Mustaqilligi har yili keng shodiyona bilan nishonlanadi. Barcha tashkilot va jamoalarda, mahallayu qishloqlarda xalqimiz ushbu bayramni quvonch va shodlik ila kutib oladi. Mana shunday bayram tadbiri «Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!» degan bosh g‘oya asosida poytaxt IIBBda ham bo‘lib o‘tdi.


Bayramni kirish so‘zi bilan ochgan Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonovning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.


Shundan so‘ng A.Tashpulatov barcha xodimlarni, faxriylarni, xizmat vazifasini bajarish vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolarini va butun xalqimizni Mustaqilligimizning 33 yilligi bilan samimiy tabrikladi. Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi ortida ko‘plab huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining mehnati turganligini, tunu kun xizmat qilayotgan xodimlar o‘z xizmatiga sidqidildan yondashayotgani o‘z samarasini berayotganligini taʼkidladi. Bularning barchasi Prezidentimiz tomonidan ham alohida eʼtirof etilib, Toshkent shahar IIBB da xizmat qiluvchi ikki nafar xodim bayram arafasida davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek 33-yozgi Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘targan va oltin medalni qo‘lga kiritgan jahon chempionlari orasida poytaxt IIBB xodimi Abdumalik Xalakovning borligi, IIO xodimlarining jahon arenalarida ham yurt shaʼnini himoya qilayotganligidan dalolat beradi .


Tadbir davomida bir nechta xodimlarga Mustaqillik ayyomi munosabati bilan ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan ko‘krak nishonlari va esdalik sovg‘alari, shuningdek Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining buyrug‘iga asosan faxriy yorliq va mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.


Bayram so‘ngida IIBB qoshidagi “Nihol” jamoasi xodimlari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi va kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech