14 Fevral 2026 Yil 591

Toshkent shahar IIBB rahbariyatining navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati binosida poytaxt ahlining murojaatlarini o‘rganish maqsadida, Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari tomonidan shaxsiy qabullar o‘tkazildi. Unda asosiy e’tibor yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, ichki ishlar organlari sohasiga xizmatga kirish va xizmatni o‘tash masalalari bilan bog‘liq murojaatlar tinglandi. Qabulga yuridik hamda fuqarolardan oltmishga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarda yuqoridagi sohaviy xizmatlar faoliyati bilan bog‘liq masalalarni, keltirilgan vaj-karsonlar, ma’lumotlarni atroflicha o‘rganish davomida o‘nga yaqini qabulxonaning o‘zida ijobiy hal etildi. Yigirmatasi bo‘yicha huquqiy tavsiyalar hamda malakali maslahatlar berildi. 15 ta murojaatlarda keltirilgan dalillarga huquqiy baho berish uchun puxta tekshiruvlar o‘tkazilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijro muddatlari belgilandi hamda nazoratga olindi. Vakolatli rahbar xodimlar tomonidan tizimli ravishda poytaxt aholisining muammolarini o‘rganib, ularni qonuniy hal etish, haq-huquqlarini kafolatlash, huquqiy to‘g‘ri maslahat va tavsiyalar berishga qaratilgan mazkur amaliy qabullar fuqarolarning adolatga, jamiyatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqiy fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga ishonchini orttirmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech