16 Fevral 2026 Yil 170

Toshkent shahar IIBB rahbariyatining navbatdagi qabuli Bosh boshqarma binosida o‘tkazildi.

Qabulga tashrif buyurgan shaxslar uchun barcha qulay shart-sharoitlar, muhit yaratildi. Rahbariyat qabuliga 60 nafar yuridik hamda jismoniy shaxslardan murojaatlar kelib tushdi. Murojaatchilarning muammolarini tinglash, bayon etilgan vaj-karsonlar, ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish davomida ularning 15 tasi qabulxonaning o‘zida ijobiy hal etildi. 8 tasi bo‘yicha malakali huquqiy tavsiya va takliflar berildi. O‘rganib qonuniy xulosa chiqarish uchun qo‘shimcha muddat talab etiladigan 29 ta murojaatlarning ijrosi bo‘yicha sohaviy xizmat rahbarlariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, nazoratga olindi. Murojaatlar mazmun-mohiyatiga ko‘ra: surishtiruv va tergov harakatlari, mol-mulk va pul mablag‘larini undirish, tergovga qadar tekshiruv, ichki ishlar xodimlari hatti-harakatiga e’tiroz, tergov-surishtiruv masalasi bilan bog‘liq jamoaviy murojaat, yo‘l belgilarini o‘rnatish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga oid, probatsiya hisobidan chiqarish, oila-turmush doirasida kelishmovchiliklar, jamoat tartibi va huquqbuzarliklarning oldini olish kabilarni tashkil etdi.

Barcha murojaatlar rahbariyat tomonidan e’tibor bilan tinglanib, ularda keltirilgan masalalarga yechim topish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalarning berilishi, aholining adolatga, qonuniy haq-huquqlarini himoya qilishga bo‘lgan ishonchini yanada orttirishga xizmat qilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech