Toshkent shahar IIBB xodimlari "Yashil shahar" chellenjida qatnashmoqda
Poytaxtda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Yashil shahar" chellenjiga start berildi. Ushbu chellenjning maqsadi Toshkent shahridagi ekologik holatni yaxshilash, yashil hududlarni ko‘paytirish va shahar aholisi uchun qulay sharoit yaratishdir. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan shaharni ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chat va daraxtlar ekish hamda tabiiy muvozanatni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Bektemir tumanida Toshkent shahar hokimiyati, IIBB, prokuratura, Milliy gvardiya hamda boshqa tashkilotlar rahbariyati va sohaviy bo‘linmalari xodimlari, ko‘ngillilar va mahalliy aholi vakillari ishtirok etishdi. Maxsus texnikalarni jalb qilgan holda hududni obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, ko‘plab manzarali va mevali daraxtlar ekildi.
Poytaxtning boshqa tumanlarida ham IIO hududiy xodimlari ushbu chellenjda faol faol ishtirok etmoqda.