Toshkent shahar IIBB xodimlari umumxalq hasharida ishtirok etishdi
Xalqimizning boy tarixi, bebaho ma’naviy urf-odat va an’analarimiz, xalqimizning insoniylik, olijanoblik, mehr-saxovat kabi ezgu fazilatlarini mujassam etgan hashar – xalqimizning yillar davomida shakllangan milliy qadriyati hisoblanadi.
Yurtimiz bo‘ylab Mustaqillik bayrami arafasida an’anaviy umumxalq xayriya hashari "Mahalla obod — yurt obod" shiori ostida o‘tkazilmoqda. Hashardan ko‘zlangan maqsad mahallalar, aholi turarjoylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va boshqa joylarni obodonlashtirishdan iborat.
Erta tongdan Toshkent shahar IIBB va uning quyi tizimlari xodimlari ham hasharda faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida ma’muriy binolar hududi va yon-atroflarida obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borildi. Tevarak-atrof tartibga keltirildi.
Xalqimizga xos bo‘lgan birdamlik, mehr-muruvvat, ozodalik kabi ezgu fazilatlarni o‘zida mujassam etgan xayriya hashari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.