23 Sentyabr 2024 Yil 2104

Toshkent shahar IIBB xodimlarining malakasini oshirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi

Toshkent shahar IIBB tomonidan sohaviy xizmatlar samaradorligini hamda xodimlarning malakasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlari huquq-tartibotni mustahkamlash, fuqarolar huquqlarini himoya qilishda haqiqatda muhim ahamiyatga ega. Xalqaro mutaxassislar ishtirokida muntazam o‘tkazilayotgan seminar-treninglar, o‘quv mashg‘ulotlari va konferensiyalar xodimlar o‘rtasida ilg‘or tajriba almashish imkonini bermoqda.


Bu safar O‘zbekiston Respublikasi IIVning hududiy tizim va Toshkent shahar IIBB xodimlari uchun fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni aniqlash va fuqarosizlikni aniqlash tartibi bo‘yicha trening o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarni Markaziy Osiyodagi BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy Komissarligi boshqarmasi huquqiy masalalar bo‘yicha mutaxassislar olib borishdi


Bunday treninglar IIV xodimlariga xalqaro huquqiy baza va milliy tartib-qoidalar bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishga yordam beradi. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni aniqlashning amaliy jihatlari va ularni himoya qilish mexanizmlarini muhokama qilish ishtirokchilarga real hayotdagi qiyinchiliklarni yaxshiroq yengish imkonini beradi.


Bu kabi tashabbuslar fuqaroligi yo‘q shaxslar bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda malakali yondashuvga yordam beradi hamda huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini yana-da rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.


Seminar yakunida har bir ishtirok etgan IIO xodimga Sertifikatlar topshirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech