Toshkent shahar IIBB diqqat markazida aholi bandligini taʼminlash
Toshkent shahar IIBB probatsiya xizmati xodimlari tomonidan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Jumladan, "Probatsiya oyligi" doirasida probatsiya xizmati tashabbusi bilan hamda Toshkent shahar Kambag‘alikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish boshqarmasi bilan hamkorlikda Yunusobod tumanida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Maqsad – hisobda turgan shaxslarning bandligini taʼminlash masalasidan iborat.
"Yapon bog‘i"da tashkil etilgan yarmarkaga 23 nafar probatsiya hisobidagi shaxslar tashrif buyurdi, shundan 10 nafariga ishga yo‘llanma berildi, 6 nafari bandligi taʼminlandi, muayyan kasbga ega bo‘lmagan 4 nafar shaxslarga qayta kasbga o‘qitish bo‘yicha yo‘llanma taqdim etildi.
Bu kabi tadbirlar poytaxtning boshqa tumanlarida ham davom etmoqda.