Toshkent shahar IIBB boshlig’ining navbatdagi shaxsiy qabuli o’tkazildi
Fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularni vakolat doirasida ijobiy hal etish xalq farovonligi va osoyishtaligini saqlashda muhim vazifa hisoblanadi. Shu boisdan yurtimizdagi barcha ichki ishlar idoralari tomonidan har hafta fuqarolar qabuli o’tkazilib kelinmoqda. Jumladan Toshkent shahar IIBB boshlig’ining shaxsiy qabuli bosh boshqarma binosida tashkil etildi.
Unda 43 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning turli mazmundagi murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ularning 12 tasi joyida ijobiy hal etildi. Yana 10 tasi bo‘yicha malakali huquqiy tavsiyalar berildi. 21 ta murojaatlarni o‘rganish chog‘ida undagi muammo sabablarini o‘rganish qo‘shimcha vaqt talab qilganligi bois ijro muddati o‘rnatilib, tekshiruvlar yakuni bo‘yicha tayyorlangan xulosa to‘g‘risida murojaatchiga yozma ma’lumot berilishi belgilanib nazoratga olindi. Qabul davomida o‘rganilgan 43 nafar fuqarolarning murojaatlari mazmuniga ko‘ra: 16 tasi surishtiruv va tergov harakatlari, 7 tasi mol-mulk va pul mablag‘larini undirish, 6 ta murojaat ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish va qayta tiklash, 2 tasi esa kadrlarga oid boshqa masalalar, 4 nafar fuqarolar svetafor va yo’l belgilarini o’rnatish bo’yicha murojaat qilishdi. Bundan tashqari murojaatlarning 2 tasi oila-turmush doirasidagi kelishmovchiliklar va ijtimoiy masalada yordam ko‘rsatish, 4 tasi esa ichki ishlar xodimlari faoliyati bilan bog‘liq masalalarni tashkil etdi.
Bunday qabullar davlat idoralari va xalq o’rtasidagi ishonchning yanada mustahkamlanishida ko’prik vazifasini o’tab kelmoqda hamda IIOlari va fuqarolarning o’zaro hamkorliklarini kuchaytirish uchun xizmat qilmoqda.