Toshkent shahar IIBB boshlig‘i YHXB hududiy bo‘linmasi faoliyati bilan tanishdi
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov tomonidan, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Chilonzor va Uchtepa tumanlari aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish markazida amalga oshirilgan ishlar hamda fuqarolarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Xususan, barcha amaliyotlar elektron tizim orqali bajarilgani bois har bir ariza sifatli va bekamu ko‘st hal etilishi ta’minlanmoqda. Bosh boshqarma boshlig‘i davlat raqam belgilarini avtomatik ravishda navbat bilan berilishi, ma’lumotlar planshet moslamasiga kiritilib, elektron tarzda shakllantirilish jarayonlarini ham kuzatdi. Shuningdek, barcha xodimlar o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashgan holda, har bir hujjatni sinchkovlik bilan o‘rganib, avtomashinalar texnik ko‘rigiga jiddiy e’tibor qaratilishi bo‘yicha tegishli topshiriq hamda ko‘rsatmalar berdi.