Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi
Aholi murojaatlarini bevosita o‘rganish maqsadida poytaxt IIBB boshlig‘i polkovnik Ravshan Sultanxodjayev tomonidan shaxsiy qabul o‘tkazildi. Mirobod tumanida joylashgan Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti binosida o‘tkazilgan qabul davomida ellikka yaqin fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi. Ularning 17 tasi joyida ijobiy xal etildi, 5 tasi bo‘yicha tushuntirish berildi hamda ko‘rib chiqishga qo‘shimcha muddat talab etadigan 26 ta murojaatlarning ijrosi nazoratga olinib ijro muddatlari belgilandi.
Murojaatlarning barchasi bevosita ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, 19 tasi surishtiruv va tergov harakatlari yuzasidan; 9 tasi mol-mulk va pul oldi-berdi masalasida; 14 tasi ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish va qayta tiklash; 2 tasi Profilaktika inspektori xatti-xarakatidan norozilik; 2 tasi Afv etish va muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilinish va ijtimoiy masalada moddiy yordam ko‘rsatish hamda 2 tasi tashakkurnoma bildirish mazmunidagi murojaatlarni tashkil etdi.
Bu kabi shaxsiy va sayyor qabullar aholi murojaatlarini bevosita o‘rganish, aholining tizimga bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qilmoqda.