30 Mart 2026 Yil 27

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunda O‘zbekistonda kitobxonlikni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning to‘rtinchisi, aynan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan. Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasining shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirning navbatdagisi kitobning ahamiyati, insonning shaxs sifatida shakllanishida kitobning tutgan o‘rniga bag‘ishlanib, “Kitobdek beminnat do‘st bo‘lmas” sarlavhasi ostida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilganlar oldida Toshkent Davlat yuridik universiteti vakili Parvina G‘ulommamatova so‘zga chiqib, yurtimizda kitobxonlikni rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob mutolaasiga qiziqishni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlarni taqdim etarkan, afsuski, adabiyotlar, o‘quvchilarga taqdim etilayotgan asarlar ichida inson ruhiyatiga salbiy ta’sirga ega, ijtimoiy axloq-odob qoidalariga zid bo‘lgan g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi kitoblar ham mavjudligini ta’kidlab, ulardan ogoh va ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Ma’ruza yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ma’ruzaning mantiqiy davomi sifatida “Tursun – dunyoni tebratgan yetti buyuk” nomli kitobi asosida tayyorlangan videorolik namoyish etildi.
Tadbir “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyishi bilan yakunlandi.

Barcha yangiliklar

Text to speech