30 Sentyabr 2024 Yil 615

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Aziz Tashpulatovning 1 oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tabrigi

Qadrli ustozlar, muhtaram murabbiylar!


Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibi va o‘z nomimdan bilim va ziyo tarqatuvchi Siz azizlarni kasb bayramingiz – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklayman!


O‘qituvchilik kasbi har bir davrda o‘z mohiyati, o‘rni va ahamiyatiga ko‘ra yuqori pog‘onalarda, o‘zgacha hurmat va eʼtiborda turgan. Bugungi kunda ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan yosh xodimlarni Vatan, xalq manfaatlarini himoya qila oladigan,maʼnaviy-maʼrifiy yetuk, ajdodlarimiz qoldirgan meroslar, qadriyatlarimizni davomchisi bo‘lmish munosib, zukko avlodini shakllantirishda ustoz va murabbiylarning o‘rni beqiyos. Sizlarning hayot, xizmat sinovlarida orttirgan tajriba va mahoratlaringizni amaliyotga tadbiq etish yoshlarni vatanparvarlik, xalqparvarlik ruhida tarbiyalash, Yangi O‘zbekistonning baxtli kelajagini yaratishda muhim ahamiyatga ega.


Fursatdan foydalanib, Siz azizlarni kasb bayramingiz bilan muborakbod etish orqali, Sizlarga mustahkam sog‘liq, saodatli umr, farovonlik, tinchlik-xotirjamlik, zahmatli ishlaringizda yuksak muvaffaqiyatlar tilayman!


Toshkent shahar IIBB boshlig‘i

general-mayor Aziz Tashpulatov

Barcha yangiliklar

Text to speech