27 Yanvar 2025 Yil 2005

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “So‘z, fikr va axborot erkinligi” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakili Maʼmura Zohidova maʼruza qildi. U o‘z nutqida, yurtimizda ommaviy axborot vositalari sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining qonunlar yordamida mustahkamlanishi, ommaviy axborot vositalari faoliyati erkinligi va mustaqilligini amalda taʼminlash, ularni tom maʼnoda “to‘rtinchi hokimiyat” sifatida shakllanishi uchun yetarli huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech