24 Fevral 2025 Yil 2091

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Biznes va fan universiteti vakili professor Ravshanbek Xudoyberganov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, jamiyat hayotining barcha jabhalarida keng ko‘lamli o‘zgarishlar boshlanganligini, davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri tarixiy adolat va haqiqatni tiklash bo‘lganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech