Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Xabaringiz bor, 2023 yil 22 dekabr kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi yig‘ilishida idora va muassasalarda har oyning bir kunini “Teatr kuni” deb eʼlon qilish taklif etilgan edi. Prezident tomonidan berilgan topshiriqlar hamda Hukumatning tegishli hujjatlari ijrosini taʼminlash maqsadida, Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Abdulla Avloniyning “Advokatlik osonmi?” nomli spektakli” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston davlat drama teatri direktorining o‘rinbosari Sardor Mansurov maʼruza qildi. Tadbir davomida O‘zbekiston davlat drama teatrining aktyorlari ishtirokchilarga shu spektaklni namoyishi etishdi.
Tadbir yakunida “Eng yaxshi profilaktika inspektori”, “Eng yaxshi tergovchi”, “Eng yaxshi tezkor xodim” hamda “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko‘rik-tanlovida faol qatnashib, g‘oliblik va faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.