3 Fevral 2025 Yil 782

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Qonuniylik – davr talabi” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilmurod Artikov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, rivojlanishni istagan jamiyat qonun ustuvorligiga erishishi shartligini, qonun ustuvorligini taʼminlash uchun aholini huquqiy madaniyati va huquqiy on¬gini oshirish zarurligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Navbatdagi maʼruza “Yo‘llarda haydovchilarning madaniyati hamda yo‘l harakati qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, uni Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati boshlig‘i podpolkovnik Qahramon Xudayberganov yoritib berdi. Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Tadbir yakunida “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovida faol qatnashib, g‘oliblik va faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan xodimlarni hamda “Yil ayoli-2024” milliy ko‘rik-tanlovida Toshkent shahar IIBB HPB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Shirin Normatova “Yilning eng vatanparvar ayoli” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lganligi sababli taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech