Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Siyosiy partiyalar va saylov” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari dotsent Azim Shamsiyev hamda yuridik fanlar doktori Baxtiyor Xamidov maʼruza qildilar. Ular o‘z nutqlarida, siyosiy partiyalar aholining huquqiy madaniyatini va faolligini oshirish, ularning davlat siyosatini tashkil etish va boshqarishdagi ishtirokini taʼminlash orqali davlat hamda jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘tashini, aholining jamoatchilik fikrini shakl¬lantirishda, fuqarolarning siyosiy hayotda faol ishtirokini taʼminlashda muhim o‘ringa ega ekanligini taʼkidlab o‘tdi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston davlat drama teatrining aktyorlari tomonidan yig‘ilish ishtirokchilarga “Otasining qizi” nomli spektakl namoyish etildi.