Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi orasida o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Mard bor joyda – chekinar xatar” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi vakili falsafa fanlari doktori, professor Shavkatbek Mamadaliyev maʼruza qildi. U o‘z nutqida, armiya hamda xalq birligi – kuchli va barqaror davlatimiz, umumiy farovonligimiz, tinch-totuv hayotimiz poydevori ekanligini alohida taʼkidlab o‘tdi.
Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.