26 Yanvar 2026 Yil 1077

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Bosh boshqarma majlislar zalida shaxsiy tarkib ishtirokida bo‘lib o‘tgan “Ma’naviyat va ma’rifat darsi”ning navbatdagisi “Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligi” mavzusiga bag‘ishlandi. Mazkur mavzuni Davlat siyosati va boshqaruv akademiyasi dekani Aktam Xolov yoritdi. Ma’ruzachi Yangi O‘zbekistonda byurokratiyani qisqartirish, davlat organlari faoliyatini raqamlashtirish orqali korrupsiyaga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek, davlat xizmatlarini soddalashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga e’tiborni qaratdi. Shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash ular bilan doimiy ishlash, malakasini oshirish, qayta tayyorlash, samarali davlat xizmatchilari zaxirasini shakllantirish masalalari borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ta’kidlab o‘tdi. So‘ngra so‘z olgan Respublika IIV Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti o‘qituvchisi, podpolkovnik Bekzod Yusupov yig‘ilganlar diqqatiga joriy yilning 5 yanvarida Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorning mazmun-mohiyatini yoritib berdi.

Tadbir “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyishi bilan yakunlandi.

Barcha yangiliklar

Text to speech