11 Noyabr 2024 Yil 502

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Sog‘ tanda – sog‘lom fikr” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda bosh boshqarma Tibbiyot bo‘limi poliklinikasi boshlig‘i podpolkovnik Baxtiyor Sherkulov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, salomatlik sari ilk qadam sog‘lom turmush tarziga amal qilishdan boshlanishini, mamlakatimizda millat salomatligini taʼminlash, jismonan va ruhan sog‘lom avlodni voyaga yetkazish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligini, zero, aholi salomatligiga davlatning strategik resursi, milliy xavfsizligi va mamlakat mehnat salohiyatining asosiy sharti sifatida qaralishini alohida taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.


Tadbir yakunida Muqimiy nomidagi O‘zbekiston  davlat musiqali teatrining aktyorlari tomonidan yig‘ilish ishtirokchilarga “Jaydari kelin” nomli spektakl namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech