2 Fevral 2026 Yil 778

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Bosh boshqarma majlislar zalida shaxsiy tarkib ishtirokida bo‘lib o‘tgan “Ma’naviyat va ma’rifat darsi”ning navbatdagisi “Sog‘lom millat – yurt istiqboli” mavzusiga bag‘ishlandi. Mazkur mavzuni Toshkent shahar Tibbiyot birlashmasining oliy toifali shifokori Nargiza Nizamiddinova yoritdi. Ma’ruzachi aholi salomatligini asrash borasida bugungi kunda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga to‘xtaldi. Shuningdek, aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni rivojlantirish, sohani ilg‘or tibbiyot asbob-anjomlari bilan jihozlash, yuksak tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida olib borilayotgan ishlarga to‘xtaldi. Biroq davolashdan ko‘ra uning profilaktikasi, ya’ni kasalliklarning oldini olish bu borada esa jismoniy tarbiya hamda sport bilan muntazam shug‘ullanish, ovqatlanish tartibiga qat’iy rioya, sog‘lom turmush tarzini tanlash kabi muhim omillarni qayd etdi. Ma’ruza so‘ngida shaxsiy tarkib e’tiboriga Yulian Semyonovning “Bahorning o‘n yetti lahzasi” ko‘p seriyali filmi bo‘yicha tayyorlangan videorolik taqdim etildi.

Tadbir “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyishi bilan yakunlandi.

Barcha yangiliklar

Text to speech