10 Dekabr 2024 Yil 927

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi orasida o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Taraqqiyot qomusi” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti vakili dotsent Asrorjon Sattorov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, yangilangan Konstitutsiya yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirishini, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligini, loyihani ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganligini, insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq eʼtirof etilishi va kafolatlanishi qayd etilganligini alohida taʼkidlab o‘tdi. Shu bilan birga, yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi. Shuningdek, “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir yakunida Toshkent shahar IIBBning iqtidorli xodimlaridan iborat “Nihol” jamoasi tomonidan bayram konserti namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech