10 Mart 2025 Yil 367

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Bayram tadbirida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati, ayol xodimalar, ichki ishlar organlari faxriylari, xizmat burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan xodimlarning ayollari va onalari, Ichki ishlar vazirligining 1-son akademik litseyi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Tantanali tadbirni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ravshan Sultanxodjayev ochib, barcha yig‘ilgan ayollarni bayram bilan tabrikladi. Bosh boshqarma boshlig‘i ayol bo‘lishiga qaramay, safdagi erkaklar bilan yelkama-yelka turib, davlatiga, xalqiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan ayol xodimalarga o‘z ehtiromini bildirdi. Tadbir davomida yuqori natijalarga erishgan xodimalarga mukofot va unvonlar topshirildi. So‘ngra Yunusobod tumani IIO FMB HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, podpolkovnik Shahnoza Abzalovaning ko‘p yillik xizmatlari e’tirof etilib, davomli olqish va qarsaklar ostida nafaqaga kuzatildi. Shahnoza Abzalova so‘z olib, ko‘rsatilgan hurmat va ehtirom, mehnatining munosib qadrlangani uchun Bosh boshqarma rahbariyatiga minnatdorlik bildirib, yoshlarga halol va samarali ishlashi, barchaga yorug‘ yuz bilan nafaqaga chiqish baxtiga muyassar bo‘lish tilagini bildirdi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan «Nihol” guruhining konsert dasturi bilan chiqishlari esa yoqimli sovg‘a bo‘lib, barchaga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: