Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Najot– taʼlimda, najot–tarbiyada, najot–ilmda” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirga mavzuni keng va batafsil yoritib berish uchun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i, siyosiy fanlar doktori, dotsent Mansur Musayev taklif etildi. Notiq o‘z maʼruzasida uchinchi renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsad yo‘lida dadil ilgarilab borayotgan Yangi O‘zbekistonda taʼlim tizimi oldiga qo‘yilgan mislsiz vazifalar, ularni amalga oshirish uchun yuksak professional kadrlar tayyorlash lozimligiga to‘xtaldi. Shuningdek, bu borada yurtimizda olib borilayotgan amaliy ishlar haqida gapirdi. Taʼlim sifatini oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yagona yo‘li ekanligini, zamonaviy o‘quv uslublarini joriy etish, dunyo ilg‘or tajribasini o‘rganish orqali eng maqbulini joriy etish kerakligini taʼkidladi.
Maʼruza so‘ngida yig‘ilganlar eʼtiboriga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.