6 Yanvar 2025 Yil 372

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Yashil boyliklar – salomatligimiz va farovon hayotimiz manbayi” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda professor Shuhrat G‘oibnazarov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, O‘zbekistonning “yashil” energetikaga o‘tishi mintaqada ekologik barqarorlikni taʼminlash, resurslardan oqilona foydalanish va aholining energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish yo‘lidagi muhim qadam ekanligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech