Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi ““Yashil” iqtisodiyot – taraqqiyot kafolati” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti vakili dotsent Komiljon Xursandov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, hozirgi vaqtda O‘zbekiston ham xuddi dunyoning boshqa davlatlari kabi yangi, ekologik toza, qayta tiklanadigan energiya manbalarini topishga intilayotgan “yashil” iqtisodiyot yo‘lidan qatʼiy ravishda borayotganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.