7 Mart 2026 Yil 147

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Bayram tadbirida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati, ayol xodimalar, ichki ishlar organlari faxriylari, xizmat burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan xodimlarning ayollari va onalari ishtirok etdilar.

Tantanali tadbirni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ravshan Sultanxodjayev, barcha yig‘ilgan ayollarni bayram bilan tabrikladi. Bosh boshqarma boshlig‘i ayol bo‘lishiga qaramay, safdagi erkaklar bilan yelkama-yelka turib, davlatiga, xalqiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan ayol xodimalarga o‘z ehtiromini bildirdi.

Tadbir davomida yuqori natijalarga erishgan xodimalarga mukofot va unvonlar topshirildi. Ichki ishlar organlarida ko‘p yillar faoliyat olib borgan faxriy ayollar ham e’tibordan chetda qolmadi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan “Nihol” guruhining konsert dasturi bilan chiqishlari esa yoqimli sovg‘a bo‘ldi.

Barcha yangiliklar

Text to speech