Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Inson qadr-qimmati – eng oliy qadriyat” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi aʼzosi, shoir Bobur Bobomurod maʼruza qildi. U o‘z nutqida, yurtimizda insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizligini taʼminlash, uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zid keladigan har qanday harakatlarga qarshi kurashish eng dolzarb vazifalardan biri ekanligini taʼkidlab o‘tdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabovning “O‘zbekiston SSRda sovet rejimining qatag‘on siyosati va uning oqibatlari”, “Qizil qo‘shinga qarshi Buxoro” kabi kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.