O‘tkir tig‘li jismlarni olib yurish faktlarini aniqlash bo‘yicha maxsus tadbirlar olib borilmoqda
Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari tomonidan muntazam ravishda maxsus profilaktik tadbirlar olib boriladi. Maqsad - sovuq qurol, o‘q-dorilar, psixotrop va giyohvandlik vositalariga ega bo‘lgan fuqarolarni aniqlash va ularga qonuniy chora ko‘rishdan iborat.
Jumladan, poytaxtda "Zarbdor oylik" doirasida o‘tkazilayotgan “Tig‘” profilaktik tadbirlari natijasida bemaqsad olib yurilgan o‘tkir tig‘li buyumlar aniqlanib, dalolatnoma asosida rasmiylashtirib olinmoqda. Xususan, 907 ta o‘tkir tig‘li buyumlar: 789 dona pichoq, 20 dona kastet, 15 ta bita va boshqa xavfli buyumlarni olib yurish holatlari aniqlangan. 329 ta fakt bo‘yicha maʼmuriy bayonnomalar tuzildi.
Bu kabi qonun buzilishi holatlarini oldini olish maqsadida Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan joylarda profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ushbu holatlarning huquqiy oqibati yuzasidan aholi orasida tushuntirish ishlari davom ettirilmoqda.